Wednesday, 10 September, 2025г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

"Paxta kampaniyasi" va O'zbekiston: Maqsad nima?

"Paxta kampaniyasi" va O'zbekiston: Maqsad nima?У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
O'zbekiston hukumatiga ko'ra, bu yilgi paxta rejasi ortig'i bilan bajarildi - uch yarim million tonna. Milliy boylik asosan qo'lda terib olindi. Davlat pozitsiyasi shuki, oq oltinni terayotganlar hasharchilar, ko'ngillilar. Buni esa inkor etadiganlar cheksiz. Bu aslida ekspluatatsiya - fuqarolarni zo'rlab ishlatish, deydi ular. O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurash olib borayotgan eng yirik kuch "Paxta kampaniyasi" (Cotton Campaign) deb nomlangan. Xalqaro koalitsiya. O'nlab bizneslar, nohukumat tashkilotlar, kasaba uyushmalari, ishbilarmonlar va sarmoyachilar kiradi. Bu harakat G'arbda asoslangan. Harakat Amerika hukumati, Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkilotini O’zbekiston hukumatiga bosimni oshirishga undab keladi, toki tub islohotlar qilinsin. “Paxta kampaniyasi” boshqaruvchisi Metyu Fisher-Deyli (Matthew Fischer-Daly) deydiki, O’zbekistonda majburiy mehnatga chek qo’yilmaganida hukumat aybdor. Bu shunday siyosat, rahbarlar javobgar, deydi suhbatdosh. O’zgarishni hukumatning o’zi xohlamaydi, chunki arzon va tekin mehnatdan siyosiy doiralar manfaatdor; bu haqiqatni yashirib bo’lmaydi; majburiy mehnat qanchalik keng tarqalganini isbotlovchi dalillar cheksiz, qolaversa unga O’zbekiston xalqining o’zi muntazam ravishda guvoh, deydi Metyu-Fisher Deyli "Amerika Ovozi" bilan muloqotda.
Мой аккаунт