O'zbekistonda majburiy mehnat. Paxta kampaniyasi. Jurnalist Dmitriy Tixonov bilan suhbat.
У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
2007-yildan beri faoliyat yuritayotgan “Paxta kampaniyasi” - mahalliy va xorijiy mutaxassislar, inson huquqlari tashkilotlari, kasaba uyushmalari, sarmoyadorlar va bizneslardan tashkil topgan xalqaro koalitsiya - O’zbekistonda majburiy mehnatga chek qo’yish, xususan paxta sohasida bolalar va kattalarni ekspluatatsiya qilishga barham berishni maqsad qilgan. Unga Ochiq jamiyat jamg’armasi homiylik qiladi. “Paxta kampaniyasi” nazarida o’tgan yillar ichida respublikada bu muammoga qarshi bir necha qadamlar tashlandi, jumladan bolalar mehnati taqiqlandi. Biroq katta yoshdagilar terimga hamon majburan jalb etiladi. AQSh va Yevropa Ittifoqi O’zbekiston paxtasi ekspluatatsiya evaziga yetishtiriladi deya tanqid qilib keladi. Vashington respublikani bu boradagi maxsus qora ro’yxatga qo’shgan. Biroq unga nisbatan biror jazo chorasi ko’rishni ma’qul topmagan. Inson huquqlari tashkilotlariga ko’ra esa siyosiy bosimsiz bu muammoni hal etish mumkin emas. Yaqinda Vashingtonda “Paxta kampaniyasi” o’zining yillik anjumaniga yig’ilganida unda o’zbekistonlik faollar ham ishtirok etdi. Dmitriy Tixonov Toshkent viloyatidagi vaziyatni kuzatib, yoritib keladi. Huquq himoyachisi sifatida tanilgan, shuningdek, mustaqil jurnalist, maqolalari ko’plab nashrlarda chop etilgan.