Wednesday, 01 October, 2025г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

65-Талоқ (Taloq surasi)

65-Талоқ (Taloq surasi)У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Bu sura o'n ikki oyatdan iborat bo'lib, Madinada nozil qilingan. Unda so'z asosan oilaviy ahvolga taalluqli shariat hukmlaridan taloq va uning qonun-qoidalari ustida boradi. Shuning uchun u «Taloq» surasi deb nomlangandir. Yana bu surada idda va uning turlari hamda iddadagi ayolni joy va nafaqa bilan ta'minlash tartiblari ham bayon etiladi. Sura davomida er yo xotindan birortasiga zulm bo'lmasligi uchun Allohdan qo'rqishga bot-bot da'vat takrorlanib turadi. Sura Qur'oni Karim nozil qilinishidan va Muhammad alayhis-salom payg'ambar qilib yuborilishlaridan murod, mo'minlarni jaholat zulmatlaridan iymon nuriga olib chiqish ekanini ta'kidlash hamda yetti osmonu, yetti zaminni yaratgan zot bo'lmish Alloh taolo barcha narsani bilib, ihota qilib turguvchi zot ekanligini uqtirish bilan xotima topadi.
Мой аккаунт