У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
O'n ikki oyatdan tashkil topgan bu sura ham Madinada nozil bo'lgan.
«Tahrim» - «Harom qilib olish» deb nomlangan bu sura joriyalarni o'zlari uchun harom qilib olgan Payg'ambar alayhis-salomga tanbeh berish bilan boshlanadi.
So'ngra u zot bilan ahli baytlari o'rtasida bo'lib o'tgan ayrim voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi va bu bilan musulmonlarga er bilan xotinning oilada tutishi lozim bo'lgan o'rni-mavqei hamda ular o'rtasidagi rioya etilishi lozim bo'lgan ayrim tartib-qoidalar o'rgatiladi.
Sura davomida mo'minlar o'zlarini va ahli-oilalarini do'zaxga duchor qiladigan gunohlardan saqlashga hamda xolis tavba-tazarrular qilishga qayta-qayta da'vat etiladilar.
Sura mo'min zot (Nuh va Lut payg'ambarlar) qaramog'idagi kofira ayollar va kofir kimsa (Fir'avn) qo'l ostidagi mo'mina ayol va Maryam binti Imron haqidagi ikki ibratli misol bilan xotima topadi.