Sunday, 14 September, 2025г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

43-Зухруф (Zuhruf surasi)

43-Зухруф (Zuhruf surasi)У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Makkada nozil qilingan bu sura sakson to'qqiz oyatdan tashkil topgan. U Qur'oni Karim ta'rifi bilan boshlanib, so'ngra Alloh taolo O'z bandalariga ato etgan behisob ne'matlardan ayrimlari sanab o'tiladi. Bu surada barcha narsani Alloh yaratganiga o'zlari iqror bo'lib turib, yana Tangri taologa o'zgalarni «sherik» qiladigan va xususan «Uning bolasi bor» deydigan mushriklarning da'volari aniq-ravshan hujjatlar bilan keskin rad etiladi. Bu surada ham Muhammad alayhis-salomning salaflaridan hazrati Ibrohim va Muso payg'ambarlarning da'vatlari va chekkan aziyatlaridan ayrim lavhalar tasvirlanadi. Suraning «Zuxruf -- Zeb-ziynat» deb nomlanishiga sabab, unda bu dunyo oltin-kumush va zeb-ziynatlari Alloh taolo nazdida qanday martabada ekanligi batafsil bayon qilinadi. Sura payg'ambar alayhis-salomni mushriklardan yuz o'girishga buyurib, ularning yaqinda qilmishlariga yarasha jazo olishlari aniq ekani haqida xabar berish bilan nihoyasiga yetadi.
Теги: islom

Мой аккаунт