Saturday, 20 September, 2025г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

35-Фотир (Fotir surasi)

35-Фотир (Fotir surasi)У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Ushbu sura ham Makkada nozil qilingan bo'lib, qirq besh oyatdan iborat. Sura Alloh taologa hamdu-sano aytish bilan boshlanib, Uning osmonlar va yerni yo'qdan bor qilgan zot ekani hamda insonlarni haq yo'lga hidoyat qilish uchun O'zi bilan ular o'rtasida farishtalarni elchi-vositachi qilib qo'ygani haqida xabar beriladi. Bu surada hayoti dunyodan keyin oxirat hayoti kelishi haq ekanligiga osmonu zaminda kishilar ko'z o'ngida kechadigan voqea-hodisalar ham aniq dalolat qilib turishi va shu bilan birga koinotdagi har bir maxluqot o'zining nechog'li mukammalligi va o'ta nozik intizomi bilan nihoyat darajada qudrat va hikmat egasi bo'lgan bir Yaratguvchi mavjud ekaniga ochiq hujjat bo'la olishi uqtiriladi. Sura mushriklarning jonsiz butlarga sig'inishlarini keskin qoralash bilan nihoyalanadi. Bu sura Alloh taoloning go'zal ismlaridan biri bo'lmish «Fotir» — «Ilk Yaratguvchi» nomi bilan atalgandir.
Мой аккаунт