У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Bu sura ham Makkada nozil bo'lgan. U o'n besh oyatdir. Bu surada Alloh taolo O'zi yaratgan bir qancha mavjudotga va O'z zotiga qasam bilan o'z jonini iymon bilan pok tutgan kishi najot topishi, uni kufr bilan xor qilgan kimsa esa nomurod bo'lishi haqida xabar beradi. So'ngra ana shunday halokatga uchragan qavmlardan Samud qabilasi misol qilib keltiriladi. Sura o'zining ilk oyati bilap «Vash-Shams — Quyoshga qasam», deb nomlangandir.