Assalomu alaykum! *Baunti* Torti.
Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing
https://t.me/PazandaDilafruz
Bu tortni ko’pchilik tayyorlab ko’rgan. Men ham o’z uslubimni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.
Biskvit uchun:
3 ta tuhum
Yarim st qatiq
Yarim st salat yog’i
180 gr shakar
1 st to’la un
Yarim st kakao
1 ch q razrexlitel
1 ch q soda
Birinchi quruq masalliqlarni- un, kakao, razrexlitelni elakdan o’tkazib olamiz.
Boshqa idishga 3 ta tuhum, shakarni solib mikserda yaxshilab ko’pirtiramiz. Yarim i qatiqqa 1 ch q soda solib aralashtirib tuhumli massaga qo’shamiz. Yard m st salat yogini Ham solib Bir aralashtiramiz.
Quruq mahsulotlarni ham tuhumli massaga qoshib shpatelda aralahtiramiz.
Pergament qog’oz solingan qolipimizga hamirni quyamiz. Hamir o’rtalarini shpatelda chetlariga chiqarib, o’rtasini yupqaroq qilib qoyamiz, shunda korjimiz pishganida o’rtasi baland bo’lib ishib qolmaydi. 180 g/325 f da 45,50 minut pishirib olamiz.
Kremiga:
500 ml sut
1 st shakar
6 osh q manniy yormasi (mannaya krupa)
110 gr saryog
1 st kokos strujkasi
Hammasini qozonchaga solib gazga qo’yamiz. Massamiz qaynab chiqqach qo’yilishni boshlaydi, kavlab turamiz. Krem holiga kelib qo’yiq kasha bo’lgach gazni o’chiramiz va kremni sovutamiz.
Korjni 2 ga bo’lib Bir qavatini yana qolipga solamiz. Ustiga sovigan kremni solib yaxshilab tekislaymiz. Ikkinchi korjni yopib qo’lim is bilan bosib, tortni holodilnikka qo’yamiz.
Shokoladli Ganaj tayyorlaymiz:
1 st shokolad
Yarim st qaymoq (slivka)
Idishga solib mikrovolnovkada 1,5 minut isitib olamiz. So’ng aralashtirib chiroyli ganaj holiga keltiramiz.
Tortni idishga olib ustidan hona haroratidagi ganajni quyamiz va holodilnikda 3,4 soat qoldiramiz.
Yoqimli ishtaha!????