Friday, 26 September, 2025г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

28 Қасас (Qasas surasi)

28 Қасас (Qasas surasi)У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Qur'oni Karim matnida yigirma sakkizinchi tartibda kelgan bu sura Makka suralaridan bo'lib, sakson sakkiz oyatni tashkil etadi. Sura o'z ma'no-mohiyati e'tibori bilan «Shuaro» va «Naml» suralarining davomidir. Bu surada insonlar ibrat olishlari uchun ikki zolim kimsaning qilgan kirdikorlari va topgan oqibat-halokatlari haqida hikoya qilinadi. Ulardan biri qo'l ostidagi hukmu-saltanat sababli o'zidan ketib, hatto o'zini xudo deb atashgacha borib yetgan zolim va mustabid podshoh Fir'avn bo'lsa, ikkinchisi topgan molu-davlatiga mast bo'lib, dinu-diyonatni unutgan Qorundir, Qur'on ulardan birini suv, ikkinchisini esa yer yutgani haqida xabar beradi. Bu surada Alloh taoloning suyukli payg'ambarlaridan Muso alayhis-salomning tug'ilishlaridan tortib, qanday payg'ambar bo'lganlari va ko'rgach-kechirgan ibratli sarguzashtlari boshqa suralarga nisbatan mufassal va mukammal so'ylangani sababli uni «Qasas-Qissa» deb atalgandir. Sura ikki dunyo saodati bo'lmish iymon-e'tiqodga da'vat qilish bilan xotimalanadi.
Теги: islom

Мой аккаунт