У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Ulug` shoir, buyuk mutafakkir, xalqparvar davlat va jamoat arbobi Mir Nizomiddin Alisher Navoiy tavalludining 574-yilligiga bag`ishlab Buxoro davlat universiteti o`zbek filologiyasi kafedrasi, ma’naviyat va ma’rifat o`limi BuxDU huzuridagi 1-son akademik litsey faollar yig`ingohida 2015 yil 6-fevral kunida adabiy-musiqaviy nafosat bayrami o`tkazildi.
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Hayitov “Alisher Navoiy nasrida yoshi ulug`larga munosabat” mavzusida ma’ruza qildi. O`zbek filologiyasi kafedrasi talabalarining adabiy-musiqiy chiqishlari, buxorolik shoir T.Ahmad o`z she’rlari bilan ishtirok etgani barcha qatnashuvchilarning ko`nglini xushnud qildi.