Thursday, 11 September, 2025г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

Kichik O'zbekiston, Bruklin, Nyu-York/Brooklyn Uzbeks & Yulduz Usmanova concert in NYC

Kichik O'zbekiston, Bruklin, Nyu-York/Brooklyn Uzbeks & Yulduz Usmanova concert in NYCУ вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Nyu-York - dunyoning eng katta shaharlaridan biri. Sakkiz milliondan oshiq odam yashaydi. Uning Bruklin tumani 19-asr oxirlarigacha Amerikaning eng yirik shaharlaridan biri bo'lgan, chunki hajm jihatidan katta edi. Bugun ham ikki yarim milliondan oshiq aholiga ega. Atlantika okeani bo'yidagi bu azim hudud, ayniqsa uning Brayton Bich deya nomlangan sohil qismi Sovet davrida ham muhojirlar o'chog'i edi. AQShga kelgan o'zbekistonliklar uchun Bruklin birinchi bekat. Yaqinda u yerga safar qilib, "Amerika Manzaralari" ko'rsatuvini taqdim etgan Navbahor Imamovaning hikoya qilishicha, Bruklinda bugun kichik O'zbekiston vujudga kelgan. Yulduz Usmonova shubhasiz O'zbekistonning eng yorqin va xushovoz yulduzi. Bu ovoz dunyoning ko'plab mamlakatlarida yangragan va yangrab kelmoqda. Yulduz Usmonova Amerikada oldin ham konsert bergan. Vatan sog'inchi bilan yashayotgan o'zbekistonliklar va o'zbek musiqasi shinavandalari bu safargi dasturni ham kuchli hayajon bilan kutib oldi.
Мой аккаунт