Friday, 12 September, 2025г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

ISO va Shayton - ISO Masih yovuz Ruh va Muqaddas Ruh haqida .

ISO  va  Shayton  -  ISO  Masih yovuz Ruh  va Muqaddas Ruh haqida .У вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Matto bayon etgan Muqaddas Xushxabar 12 - Bob Iso va shayton 22 - oyat Shundan so`ng Isoning oldiga jinga chalinib ko`r va soqov bo`lgan kishini keltirishdi. Isoning shifolashi tufayli uning tili ham chiqdi, ko`zi ham ochildi. 24 - Farziylar buni eshitishgach: “U ins-jinslarning boshlig`i ― iblisning kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapti-ku”, ― dedilar. 25 - Ularning o`y-fikrlarini bilib, Iso ularga dedi: “O`z ichidan bo`linib ketgan har bir podshohlik xarob bo`ladi, o`z ichidan bo`linib ketgan har bir shahar yoki uy abgor bo`ladi. 26 - Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, unda u o`z-o`zidan bo`lingan bo`ladi. Endi uning saltanati qanday tura oladi? 27 - Agar Men jinlarni iblisning kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo`lsam, u holda sizlarning o`g`illaringiz kimning kuchi bilan quvib chiqaradi? Shu bois, ularning o`zi sizlarni hukm qiladilar. 28 - Magar Men Xudoning Ruhi bilan jinlarni quvib chiqarayotgan ekanman, u demak, Xudoning Shohligi sizlarga yetib kelgan. 29 - Uyning egasi bo`lgan baquvvat kishini avval bog`lab qo`ymasdan turib, birov uning uyiga kirib, mol-mulkini o`g`irlab keta olarmidi? Faqat shunday qilibgina uyni talash mumkin. 30 - Kim Men bilan birga bo`lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig`masa, sochadi. 31 - Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhni kufr qilganlar kechirilmaydi. 32 - Kim Inson O`g`liga qarshi so`z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so`z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi. 33 - Yo daraxtni yaxshi der ekansiz, mevasini ham yaxshi deng. Yoki daraxtni yomon der ekansiz, mevasini ham yomon deng. Chunki har bir daraxt o`z mevasidan bilinur. 34 - Voy ilonlar zoti-yey! Sizlar yovuz bo`la turib, qanday qilib yaxshi so`zlay olasiz? Axir, odamning dilida nima bo`lsa, tili o`shani gapiradi-ku! 35 - Yaxshi odam yuragining yaxshilik xazinasidan yaxshilik chiqarur. Yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqarur. 36 - Men sizga deymanki: insonlar aytadigan har bir bekor so`zi uchun qiyomat kunida hisob beradilar. 37 - Sen o`z so`zlaring asosida yo oqlanasan, yoki ayblanasan”.
Мой аккаунт