Tuesday, 09 September, 2025г.
russian english deutsch french spanish portuguese czech greek georgian chinese japanese korean indonesian turkish thai uzbek

пример: покупка автомобиля в Запорожье

 

AQSh-Markaziy Osiyo: Kerri safari/Vashingtondagi fikr-qarashlar

AQSh-Markaziy Osiyo: Kerri safari/Vashingtondagi fikr-qarashlarУ вашего броузера проблема в совместимости с HTML5
Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo bo'ylab safar qildi. Kerri senatorlik paytida mintaqaga bir necha bor bo'lgan, rahbarlar va amaldagi siyosatni biladi, hukmron doiralar bilan tanish. Amerika dunyoning bu qismida ishonchli hamkorlarga ega bo'lishni istaydi. Markaziy Osiyo har tomonlama farovon va xavfsiz bo'lishi AQSh manfaatlari uchun ham xizmat qiladi, chunki to'q va erkin yashaydigan jamiyatlar bilan do'stlashish, sherik bo'lish bizga ham foyda, deb keladi Amerika diplomatlari. Kerri safari davomida mintaqaviy birdamlikka urg'u berdi, Samarqandda besh respublika tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi. Maqsad - ularni o'zaro savdoni va hamkorlikni kengaytirishga undash. Qo'shni Afg'onistondagi vaziyat, Suriya va Iroqda "Islomiy davlat" terror guruhiga qarshi kurash, Rossiya bilan kelishmovchilik, mintaqada Xitoy roli oshib borayotgani, iqtisod, inson huquqlari bilan bog'liq muammolar, erkinlik cheklangani... Amerika rasmiylarining bizga aytishicha, bular bag'oyat dolzarb masalalar va tabiiyki, muloqotning ajralmas qismi. Diplomatiya - til topishish, hamjihatlik degani. Qo'shma Shtatlar mintaqada Xitoy va Rossiyadek yirik qo'shnilar bilan raqobat qilishni istamaydi, deydi "Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan diplomatlar.
Мой аккаунт